Qand kundaligi
Bir necha soniyada yozing: qiymat, vaqt, ovqatdan oldin yoki keyin. Ovoz bilan izoh qoldiring.
2-tur qandli diabet bilan yashaydiganlar va yaqinlari uchun
GlycoNest — o‘lchovlaringizni bir joyga yig‘adigan, o‘zbek dasturxonini tushunadigan va qand tushib ketganda internetsiz ham yo‘l ko‘rsatadigan yordamchi.
Parolsiz kirish: email kodi yoki Google · O‘zbekcha / Русский / English

Bir necha soniyada yozing: qiymat, vaqt, ovqatdan oldin yoki keyin. Ovoz bilan izoh qoldiring.
Kunlik, haftalik, oylik. Maqsadli oraliq, o‘rtacha qiymat va pastlar soni doim ko‘z oldingizda.
AI 14 kunlik o‘lchovlaringizdan 2–3 ta kuzatuv topadi va shifokorga beradigan savollarni tayyorlaydi.
Palov, non, somsa, lag‘mon… Yozing yoki suratga oling — taxminiy uglevod va taqiqlamasdan maslahat.
Shifokor yozgan dori va vaqtlar, “ichdim” belgisi va haftalik muntazamlik. Dozani hech qachon o‘zgartirmaymiz.
Bir sahifalik PDF yoki 7 kunlik xavfsiz havola. Qabulga tayyor holda boring.
Qand past yordam bo‘limi telefoningizda saqlanadi va oflayn ishlaydi. Unda AI ishlatilmaydi — faqat ADA va IDF tavsiyalari asosida tekshirilgan qadamlar. Yaqinlaringiz uchun ovozli rejim ham bor.
Farzandingiz yoki turmush o‘rtog‘ingizni taklif qiling. Ular faqat siz ruxsat bergan narsani ko‘radi — va ruxsatni istalgan payt olib qo‘yasiz.
Ism, tug‘ilgan sana va barcha o‘lchovlar AES-256-GCM bilan shifrlanadi. AI’ga ismingiz, emailingiz va telefoningiz hech qachon yuborilmaydi. Ma’lumotingiz sotilmaydi va reklama uchun ishlatilmaydi.
Qanday himoyalanadi ›Bir daqiqa ichida boshlang. Qanchalik ko‘p yozsangiz, shunchalik aniq tushunasiz.
Bepul boshlash